David Silva o'zi uchun yangi jamoa tanladi

Alisher
14 may 2020, 15:50
Mavsum avvalida ispaniyalik futbolchining jamoadan ketishi ma'lum bo'lgandi.

"Manchester Siti" pleymeykeri David Silva faoliyatini Shimoliy Amerikaning MLS ligasida davom ettirishga qaror qildi.

Silva 2019/20 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng Mayamining "Inter" klubiga o'tadi. Ushbu klubning asoschilaridan biri "Real" sobiq o'yinchisi Devid Bekxemdir.

David Silva joriy mavsum APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: independent.co.uk