David Luisning otasi: "O'g'lim Portugaliya terma jamoasi taklifini rad etgandi"
Aziz Tukhtamuradov
6 iyul 2014, 20:26
Braziliya terma jamoasi futbolchisi David Luisning otasi o'g'liga Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilish taklifi bilan chiqishganligini aytib o'tdi.
"O'g'lim Portugaliya terma jamoasida o'ynash taklifiga rad javobini bergandi. Undan bu haqida so'rashganida tomirlarida sariq-yashil qon oqishini, yuragi esa faqat Braziliya bilan ekanligini aytib o'tgan", - deydi futbolchining otasi.