Darvin Nunes: "Tabassumingni unutmayman"

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2025
"Liverpul"ning urugvayli hujumchisi Darvin Nunes jamoadoshi Diogu Jotaning fojiali vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida marhum futbolchining xotirasiga ta’sirchan xabar qoldirdi.

"Bunday dard uchun tasalli so'zlari yo'q. Men seni doim tabassuming bilan, maydonda va undan tashqaridagi yaxshi jamoadosh sifatida eslab qolaman. Dioguning oilasiga sabr tilayman. Ishonchim komilki, u doimo rafiqasi va bolalari bilan birga bo'ladi. Tinch yotinglar, Diogu va Andre", – deb yozgan Nunes.

Diogu Jota ukasi Andre bilan birga avtohalokatga uchradi. Baxtsiz hodisa 3 yuil kuni sodir bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com