

Matteo Darmian ijara asosida “Yuventus”ga yo'l oladi. “Manchester Yunayted” Turin klubi bilan mavsum so'ngiga qadar ijara shartnomasi borasida kelishuvga erishgan. Turinliklar Darmianning ijarasi uchun “mankunianlar”ga 3 mln evro to'laydi. Shuningdek, “Yuventus” uni mavsum oxirida 8 mln evroga sotib olish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Matteo joriy mavsum APLda 5 ta o'yin o'tkazdi. Qayd etish joiz, futbolchi “Yunayted”ga kelishdan avval Turinning boshqa bir klubi “Torino” safida to'p surgan.



