Dario Srna: "Lokomotiv"da bitta vaziyat bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2014, 21:34
Toshkentning Lokomotiv klubi BAAda Ukraina chempioni Shaxtyor klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Doneckliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan bahsdan so'ng Shaxtyor sardori Dario Srna klub rasmiy saytiga qisqa intervyu berdi.

– Dario, o'yin qanday kechdi? Shaxtyor birinchi raqam bo'lib o'ynadimi?
– Ha. Bir qator vaziyatlar yaratdik, ammo ko'p gol ura olmadik. Raqibda esa bitta vaziyat bo'ldi, undan foydalanib qolishdi. O'yinni biz nazorat qildik. Hozircha o'yindan qoniqdik. Kuch to'playapmiz. Yaxshi natija, ajoyib muhit.

– Bugungi nazorat uchrashuvi yaxshi o'tdi deyish mumkin?
– O'yin va natija ijobiy bo'ldi. Maydonda yomon harakt qilmadik. Asosiysi – jarohatlarni chetlab o'tdik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: shakhtar.com