Dante "Nicca" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
4 mar 2022
"Nicca" himoyachi Dante bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Kelishuv 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Shartnoma bir yilga uzaytirilganidan juda ham g'ururlanaman va baxtliman. Barcha ishonlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu erda ko'proq muvaffaqiyatga erishishga umid qilaman", - deydi 38 yoshli Dante.

Braziliyalik 2016 yilda "Nicca"ga "Volfsburg"dan 2,5 million evro evaziga o'tgandi.

U joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ogcnice.com