

“Biz hozir jismoniy, ruhiy, umuman hamma tomonlama “forma”damiz. Endi biz uchun mavsumning eng muhim pallasi boshlanadi.
Buyuk futbolchilar mavsumdagi barcha sovrinlarni yutish uchun yil bo'yi mehnat qilishadi. Birgalikda biz mavsumni yuqori ko'rsatkichlar bilan yakunlashimiz mumkin.
Men “Yuventus”ga o'tganimda bu yerda kuchli jamoani ko'rishni xohlagandim. Chunki qatorisiga besh marta Italiyada chempionlikni qo'lga kiritib, Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib kelgan jamoa kuchsiz bo'lishi mumkin emasdi.
Men bu jamoaga barcha turnirlarda g'olib chiqish uchun keldim. Bu istak meni yanada oldinga undaydi. Biz jamoadoshlarim bilan yangi tarixni yaratishimiz mumkinligini tushunib turibmiz”, deydi futbolchi.



