Damir Koyashevich "Lokomotiv"ni tark etmoqchi?!

Tolibjon Qosimov
24 may 2015, 13:50
Mavsum boshida Toshkentning "Lokomotiv" klubi safiga kelib qo'shilgan chernogoriyalik Damir Koyashevich birinchi davra o'yinlari yakunlangach "temiryo'lchilar" safini tark etadi.
Bu haqda futbolchiga yaqin insonlar ma'lum qilishdi. Sababi yarim himoyachi asosiy vaqtini zaxirada o'tkazmoqda.

Koyashevich tezkor futbolchi ekanligi bilan muxlislar e'tiborini qozongan bo'lsa-da, biroq "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov unga asosiy tarkibdan kam joy bermoqda.

Shu bois chernogoriyalik futbolchi davralar oralig'ida jamoasini o'zgartirish istagini bildirgan.

Eslatib o'tamiz, Koyashevich o'z faoliyati davomida "Yagelloniya", "Gurnik" (Polsha), "Zeta", "Buduchnost" (Chernogoriya), "Saraevo" (Bosniya va Gertsegovina) va "Ostona" (Qozog'iston) jamoalarida to'p surgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: arena.uz