Dalot APLga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 mar 2021, 23:18
"Milan" himoyachisi Diogu Dalot "Everton" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Liverpool Echo" xabariga ko'ra, "irislar" o'ng qanot himoyasini kuchaytirishni niyat qilgan va shu boisdan portugaliyalik futbolchi short-listga tushib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Dalot ayni damda ijara asosida "Milan" tarkibida o'ynamoqda. Uning transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli.

22 yoshli futbolchining transfer summasi 10 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo