Daily Mail: Bavariya Yanuzayga qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
31 mar 2014, 20:52
"Bavariya" "MYU" yarim himoyachisi Adnan Yanuzayga qiziqmoqda.

Myunxen jamoasi ertaga "qizil iblislar"ga qarshi bo'ladigan o'yinda 19 yoshli futbolchining xarakatlarini diqqat bilan kuzatadi.

"Bavariya" Yanuzayni Frank Riberi va Aren Robbenlardan birini o'rnini bosa oladigan futbolchi sifatida qo'rmoqda.

Xozircha myunxenliklar "Yunayted"ga futbolchi masalasida taklif bilan chiqqanlari yo'q. Lekin bu jiddiy qiziqish, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail