SSKA APLdan hujumchi olmoqchi

6 avg 2019, 20:30
Chempionat nashrining ma'lum qilishicha, Moskvaning SSKA jamoasi "Everton" hujumchisi Yannik Bolaseni o'z safiga qo'shib olish niyatida.

Ayni vaqtda "harbiylar" qancha taklif qilish haqida o'ylashmoqda. Qayd etish kerak, Bolase 2019 yil yanvar oyidan beri Belgiyaning "Anderlext" klubida ijara asosida harakat qilayotgandi (30 ta o'yin, 6 ta gol, 3 ta assist). Bunga qadar u Angliyaning "Bristol Siti", "Kristal Pelas" va "Aston Villa" jamoalarida o'ynagan. 

 Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi o'yinchisi 2013 yildan beri mamlakat sharafini himoya qilib kelmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com