Coca Cola Superligasi. "Metallurg" o'z uyida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2020, 21:02
Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Metallurg" - "So'g'diyona" 2:0

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

84. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Shahzod Ubaydullaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Shirinboy Abdullaevdan seyv! 

83. O'zgarish. "So'g'diyona". Sardor Qulmatov o'rniga Bahodir Nasimov tushdi

81. O'zgarishlar. "Metallurg". Zohid Abdullaev o'rniga Davron Anvarov, Doniyor Narzullaev o'rniga Shahzodbek G'ofurbekov tushdi

79. Shixov jarima to'pini amalga oshirdi, qaytarilgan to'p Kamoliddin Tojievning qo'liga tegdi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi

78. Ogohlantirish. "Metallurg". Zohid Abdullaev

77. ZARBAAAA! Aleksandr Lobanovdan ajoyib seyv!

75. O'zgarishlar. "Metallurg". Akbar Ismatullaev o'rniga Xudoyshukur Sattorov, Abdurahmon Abdulhaqov o'rniga Abror Toshqo'ziev tushdi 

68. O'zgarishlar. "So'g'diyona". Javohir Qahramonov o'rniga Sanat Shixov, Jasur Hasanov o'rniga Elivelto Dantas tushdi

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Doniyor Narzullaev - 2:0.  Zohid Abdullaev o'ng qanotda to'pni raqibdan olib qo'ydi va jarima maydoniga uzatib berdi. Shahzod Ubaydullaev himoyachini chalg'itib to'pni o'tkazib yubordi. Doniyor Narzullaev esa qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol etdi.

57. ZARBAAAAAAAAA! Mehmonlar jarima to'piga ega bo'lishdi. Shahboz Jo'rabekov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi

55. ZARBAAAAAAAA! Elyor Oripovning kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi! Juda xavfli edi!

52. O'zgarish. "So'g'diyona". Ayubxon Nomanov o'rniga Jamshid Boltaboev, Ivan Nagaev o'rniga Sahob Rashidov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45. Birinchi taym tugadi

40. UXXX! ZARBA! Shahboz Jo'rabekov chap qanotdan oldinga o'tib to'pni sherigiga uzatdi, Javohir Qahramonovning zarbasi noaniq chiqdi

39. ZARBAAA! Akbar Ismatullaevning navbatdagi zarbasi ham darvoza yuqorisidan o'tib ketdi!

36. ZARBA! Akbar Ismatullaevning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

Uchrashuvda urilgan gollarni saytimizning telegram kanalida ko'rib borish mumkin. GOLNI KO'RISH

30. Ogohlantirish. "Metallurg". Abdurahmon Abdulhaqov

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Evgeniy Chumak chamasi 23 metrlardan chap oyoqda darvozani ishg'ol qildi - 1:0. 

20. Mehmonlar burchak to'piga ega bo'lishdi, himoyachilarni to'pni qaytarishdi

14. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Iskandar Shoyqulov

6. Dastlabki daqiqalarda to'p nazorati maydon egalari tomonida. Ammo xavf yo'q. Jamoalar pozicion hujumga ko'proq e'tibor qaratishyapti.

3. Stanislav Andreevning qanotdan uzatgan to'pi biroz noaniq ketdi.

2. Bugun "Metallurg" uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan ikki nafar hujumchi bilan harakat qilayapti.

 1. Uchrashuv boshlandi! 



Coca Cola Superliga. 9-tur
12 iyul, yakshanba
20:00 - METALLURG – SO'G'DIYONA 2:0
Hakamlar:
Viktor Serazitdinov, Abduhamidullo Rasulov, Avazbek Abdullaev, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Evgeniy Chumak 23, - 1:0. Doniyor Narzullaev 63, - 2:0 (Zohid Abdullaev).

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbosjon Otaxonov, 7.Doniyor Narzullaev (22. Shahzodbek G'ofurbekov, 81), 10.Shahzod Ubaydullaev, 15.Zohid Abdullaev (43. Davron Anvarov, 81), 21.Kamoliddin Tojiev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (14. Abrorbek Toshqo'ziev, 75), 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullaev (20. Xudoyshukur Sattorov, 75), 88.Evgeniy Chumak.
Zaxira: 1. Akmal Tursunboev, 4. Odilbek Abdumajidov, 8. Salamat Quttiboev, 11. Murodbek Bobojonov, 77. Muhammad Isaev.

"So'g'diyona": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov (20. Bahodir Nasimov, 83), 3.Iskandar Shoyqulov, 4.Elyor Orifov, 5.Ayubxon Nomanov (8. Jamshid Boltaboev, 52), 7.Sanjar Rashidov, 11.Jasur Hasanov (80. Elivelto Ribeyro Dantas, 68), 17.Ivan Nagaev (21. Sahob Rashidov, 52), 18.Shavkat Mullajonov 19.Javohir Qahramonov (12. Sanat Shixov, 68), 22.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 27. Milan Mitrovich, 14. Daniel Nasriddinov, 30. Dian Talxatov, 93. Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Iskandar Shoyqulov 14, Abdurahmon Abdulhaqov 30, Zohid Abdullaev 78,




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia