Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" Samarqandda yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2019, 18:19
Coca Cola Superligasi 22-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 

6-daqiqada Amirjon Safarov qarshi hujumga o'tdi. Bobur Qosimovning chamasi 25 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

9-daqiqada Odil Hamrobekovning uzatmasidan keyin Igor Sergeev yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi.

28-daqiqada Mirkomil Lokaevning uzatmasini Amirjon Safarov Bobur Qosimovga etkazdi. Bobur esa Krimecni ortda qoldirib, Sanjar Quvvatov darvozasini ishg'ol etdi - 1:0. 

45-daqiqada Jarima zarbasidan Kozak to'pni jarima maydoniga oshirdi, G'ofurovning uzatmasidan keyin Igor Sergeev yaqin masofadan davrozani ishg'ol qildi 1:1. 

45+2-daqiqada Hamrobekovning pasidan keyin darvozabon bilan birga-bir chiqqan Sardor Sobirxo'jaev darvozaga to'p kiritdi - 1:2.


75-daqiqada Husniddin G'ofurovning uzatmasidan so'ng Doston Hamdamov yaqin masofadan darvozaga gol urdi - 1:3. 

82-daqiqada Husniddin G'ofurovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Doston Hamdamov darvoza oldidan aniq yo'naltirdi - 1:4.


“Dinamo” – “Paxtakor” 1:4
19 oktyabr 2019 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 16:30
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: L.Qo'chqorov.

Gollar: Bobur Qosimov 28, - 1:0 (Amirjon Safarov). Igor Sergeev 45, - 1:1 (Husniddin G'ofurov). Sardor Sobirxo'jaev 45+2, (Odil Hamrobekov). Dostonbek Hamdamov 75, - 1:3 (Husniddin G'ofurov). Dostonbek Hamdamov 82, - 1:4.

"Dinamo": Botirali Ergashev, Mirkomil Loqaev, Hakimxon Alamxonov, Siroj Hamroev, Behruz Shodmonov, Akmal Xolmurodov, Bobur Qosimov, Ixtiyor Toshpo'latov, Sardor Eminov, Shohruh Abdurahmonov, Amirjon Safarov.
Zaxira: Shohruh Eshbo'taev, Shohruh Raimov, Temur Sharipov, Nizom Norov, Bahodir Nasimov, Sanjar Baratov, Komil Sharofiddinov, Obid Hakimov, Dilmurod Karimov.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Sherzod A'zamov, Egor Krimec (s), Vladimir Kozak, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Husniddin G'ofurov, Marat Bikmaev, Humoyunmirzo Iminov, Igor Sergeev.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullaev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov, Shohruh Mahmudhojiev, Farruh Sayfiev, Marko Simich.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia