Coca Cola Superliga. Bugun "Bunyodkor" Qo'qonda mehmon, Muborakda "Mashal" "Surxon" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2020, 09:41
Bugun Superliganing 17-turidan o'rin olgan ikkita o'yin bo'lib o'tadi.


Coca Cola Superliga. 17-tur
QO'QON-1912 – BUNYODKOR
27 sentyabr. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 16:00
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Sultonmurod Ulfatov, Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Sardor Qudratullaev

Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 11 marta to'qnash kelishgan. O'zaro uchrashuvlarning 3 tasida qo'qonliklar g'alaba qozonishgan. “Bunyodkor” o'yinlarning 8 tasida zafar quchgan. Mazkur jamoalar o'rtasidagi bahslarda durang qayd etilmagan. To'plar nisbati – 23-12, “Bunyodkor” foydasiga.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda "Bunyodkor" 1:0 hisobida g'alabaga erishgandi.



MASH'AL – SURXON
27 sentyabr. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Shuxrat Rajabov
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Bu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 11 marta to'qnash kelishgan.

Beshta uchrashuvda "Mashal", 2ta o'yinda "Surxon" g'olib bo'lgan. Yana 4ta bahsda durang qayd etilgan. Muborakliklar 16ta, termizliklar 14ta gol urishgan.

Birinchi davrada Termizda o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia