Chiluell qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

Eldor Akmurzayev
29 noya 2021, 08:30
"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell YCHL 5-tur doirasida o'tgan “Yuventus” (4:0)ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

“Aristokratlar” ustozi Tomas Tuxelning so'zlariga ko'ra, Chiluellning holatiga 6 haftadan so'ng baho beriladi. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, u maydonga qaytadi, ammo vaziyat o'zgarmasa jarrohlik amaliyoti talab etilishi aytilmoqda.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com