Cherchesov antirekord qayd etdi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2018, 15:55
Rossiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Germaniyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bu mag'lubiyat rossiyaliklar ustozi uchun 30ta o'yindagi 11-bo'ldi. Bu natija Rossiya terma jamoasi tarixidagi antirekord hisoblanadi. Bungacha Cherchesov Gus Xiddink va Oleg Romancev bilan teng natija qayd etib turgandi (10ta mag'lubiyat).

Rossiya terma jamoasini boshqargan 13 murabbiyning faqat 3 nafarida mag'lubiyat foizi Cherchesovnikidan ko'proq: Leonid Sluckiy (13ta o'yin, 5ta mag'lubiyat), Aleksandr Borodyuk (2ta o'yin, 1ta mag'lubiyat) va Anatoliy Bishovec (6ta o'yin, 6ta mag'lubiyat).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт-Экспресс