Cheran O'zbekiston Kubogi tarixidan joy oldi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2019
Kecha 2019 yilgi O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Paxtakor" AGMK ustidan 3:0 hisobida g'alabaga erishdi va 12-marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.

Bu bahsda "sherlar" yarim himoyachisi Dragan Cheran uchta gol urib xet-trikka erishdi va rekordchiga aylandi. Bunga qadar O'zbekiston Kubogi tarixida hech qaysi futbolchi finalda xet-trik qayd etmagan edi.

O'zbekiston Kubogi finallarida bittadan ko'p gol urgan futbolchilar:
1997 yil - Andrey Akopyanc ("Paxtakor") - 2ta
2000 yil - Jafar Irismetov ("Do'stlik") - 2ta
2001 yil - Leonid Koshelev ("Paxtakor") - 2ta
2002 yil - Gochguli Gochguliev ("Paxtakor") - 2ta
2008 yil - Anvar Soliev ("Bunyodkor") - 2ta
2011 yil - Irakli Klimiashvili ("Paxtakor") - 2ta
2013 yil - Oleksandr Pishchur ("Bunyodkor") - 2ta
2019 yil - Dragan Cheran ("Paxtakor") - 3ta



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia