Chempionlik uchun kurashayotgan Interning asosiy posboni jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2020, 16:55
Inter darvozaboni Samir Xandanovich bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.

Corriere dello Sport xabariga ko'ra, posbon qo'lidan jarohat olgan.

35 yoshli sloveniyalik futbolchi bugungi Udinezega qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilgan, biroq maydonga tusha olmaydi.

Ma'lumot uchun, Xandanovich bu mavsum A Seriya doirasidagi barcha 21ta o'yinda to'liq o'ynagan edi.

Interda Daniele Padelli va Tommazo Berni kabi darvozabonlar bor.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport