Chempionlarimiz Toshkentga qaytishmoqda

Aslanov Jasurbek
18 may 2018, 10:17
10-16 may kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu turnirda g'olib bo'ldi va jahon chempioni nomini qo'lga kiritdi. Jamoamiz finalda Pokiston bilan to'qnash keldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa vakillarimiz omadliroq chiqib Jahon chempioni unvonini qo'lga kiritishdi!

Chempionlarimiz bugun Toshkentga qaytishadi. Ayni damda ular poytaxtimiz tomon yo'lga chiqishgan. Hammani soat 17:00da "Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti"da kutamiz. Jahon chempionlarini munosib kutib olaylik!

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia