Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlandi: "Man Siti" PSJ bilan, "Bavariya" "Barselona" bilan to'qnashadi!

Sherzod Nurmatov
26 avg 2021, 22:15
Istanbulda Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlandi hamda o'tgan mavsumning eng yaxshilari aniqlandi.

"A" guruhi: "Manchester Siti", PSJ, "RB Leyptsig", "Bryugge"

"B" guruhi: "Atletiko", "Liverpul", "Portu", "Milan"

"C" guruhi: "Sporting",  "Borussiya" (Dortmund), "Ayaks", "Beshiktosh"

"D" guruhi: "Inter", "Real Madrid", "Shaxtyor", "Sherif"

"E" guruhi: "Bavariya", "Barselona", "Benfika", "Dinamo" (Kiev)

"F" guruhi: "Vilyarreal", "Manchester Yunayted", "Atalanta", "Yang Boyz" 

"G" guruhi: "Lill", "Sevilya", "Zalcburg", "Volfsburg"

"H" guruhi: "Chelsi", "Yuventus", "Zenit", "Malmyo"   


- Marosim yakunlandi! 

Jorjino ("Chelsi") – 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi 

Tomas Tuxel ("Chelsi") – 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi

Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund") – 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisi 

N'Golo Kante ("Chelsi") – 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi

Ruben Diash ("Manchester Siti")  – 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi himoyachisi

- UEFA bosh kotibi Jorjo Marketti ko'rinish berdi. Qur'aga oz qoldi!

Eduar Mendi ("Chelsi") – 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni

- Oqshomning asosiy qismiga o'tamiz – qur'a!  Sahnada Branislav Ivanovich va Maykl Essen paydo bo'ldi.

- Ekranda Evro-2020'da Kristian Eriksen bilan sodir bo'lgan voqea namoyish etildi. UEFA prezidenti nomidagi sovrin Eriksenning hayotini saqlab qolgan shifokorlar jamoasiga topshirildi.  

- Tadbirni UEFA prezidenti Aleksander Cheferin ochib berdi.

Istanbuldagi marosim start oldi.

1-savat: Chelsi, Vilyarreal, Atletiko, Manchester Siti, Inter, Bavariya, Lill, Sporting.

2-savat: Real, Barselona, Yuventus, Manchester Yunayted, PSJ, Liverpul, Sevilya, Borussiya (Dortmund).

3-savat: Portu, Ayaks, Shaxtyor, RB Leyptsig, Zalcburg, Benfika, Atalanta, Zenit.

4-savat: Beshiktosh, Dinamo Kiev, Bryugge, Yang Boyz, Milan, Malmyo, Volfsburg, Sherif.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia