Chempionlar kubogiga marhabo

Aslanov Jasurbek
4 dek 2020
O'zbek futboli afsonalari Birodar Abduraimov, Server Jeparov yoshlar oyligi doirasida bo'lib o'tadigan chempionlar kubogiga taklif qiladi.

Musobaqa 5 dekabr kuni "O'zbekiston" sport majmuasida soat 15:00da bo'lib o'tadi. Bunda eng yaxshi mahalla o'smirlar jamoalarining final o'yini va futbol yulduzlari o'yini  bo'lib o'tadi. Uchrashuvga kirish erkin. 

Yulduzlar o'rtasidagi final uchrashuviga quyidagi futbolchilar chaqirilgan. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi: Aleksey Roshin, Fevzi Davletov, Farhod Magomedov, Sergey Lebedov, Asad Do'rmonov, Ilhom Sharipov, Rustam Do'rmonov, Shuhrat Maqsudov, Igor Shkvirin, Sanjar Usmonov, Davron Fayziev, Ilhom Yo'lchiev

Bosh murabbiy: Birodar Abduraimov.

Toshkent terma jamoasi: Ravshan Rajabov, Murod Aliev, Avaz Maqsumov, Mirjalol Qosimov, Bahodir Ahmedov, Ravshan Haydarov, Ravshan Ermatov, Server Jeparov, Timur Nazarov, Azamat Abduraimov, Rinat Zokirov, Zufar Saidxonov.

Bosh murabbiy: Furqat Mahmudxo'jaev


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia