"Chelsi"ning sobiq futbolchisi yo'qolib qoldi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2022
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Charli Musonda Belgiyaning "Zyulte-Varegem" klubi bilan muvaffaqiyatli muzokaralardan keyin ko'rinish bergani yo'q.

25 yoshli belgiyalik futbolchining London klubi bilan kelishuvi 2022 yil yozida yakunlangan va shundan keyin vataniga qaytib, "Zyulte-Varegem" bilan muzokaralar olib borayotgandi. Muzokaralar ikki tomon uchun muvaffaqiyatli tugadi, ammo shundan keyin bir necha hafta o'tgan bo'lsa-da, Musonda ko'rinish bergani yo'q.

"Musonda qachon mashg'ulotlarga qo'shiladi? Bilmayman.

U bilan xayrlashamizmi yoki hamkorlikni davom ettiramizmi, bilmayman. Oradan ikki hafta o'tdi, u biz bilan aloqaga ham chiqmadi, hech qanaqasiga bog'lanib bo'lmadi. Shu sababli hozir qo'l ostimizdagi jamoaga e'tibor beryapmiz", - dedi Eddi Korde.

Musonda "Anderlext" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 16 yoshligida "Chelsi"ga o'tgan futbolchi jamoada asosiyga aylana olmadi. Shu sababli "Betis", "Seltik", "Vitess" kabi klublarda ijarada o'ynadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal