"Chelsi"ning asosiy futbolchilaridan biriga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
15 dek 2017, 10:57
Asosiy tarkibda joyini yo'qotgan "Chelsi" himoyachisi David Luis ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun klubini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik London klubi murabbiylar shtabidan asosiy tarkibda maydonga tushmayotgani haqida tushuntirish talab qildi. "Bavariya" vaziyatni kuzatmoqda va qishki transfer oynasida taklif yuborishi mumkin.

Luisning APLdagi so'nggi uchrashuvi 28 oktyabr kuni "Bornmut"ga qarshi 10-tur bahsida maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Express