"Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan MYUning yana bir markaziy himoyachisi safdan chiqdi

17 apr 2026, 21:56
"Manchester Yunayted" "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan to'rtinchi markaziy himoyachisidan ham ayrildi.

Ertaga Maykl Kerrik boshqaruvidagi mankunianliklar APLning 33-turi doirasida "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.

"The Sun"ning ma'lumotiga ko'ra, Leni Yoro eamoasi bilan Londonga bormagan. Har holda u jamoa bilan birga London poezdida ko'rinish bermagan.

Ayni damga qadar MYUning markaziy himoyachilari Xarri Maguayr, Lisandro Martines va Matteys de Ligt kabi futbolchilari ham safdan chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun