"Chelsi"da ko'tara bozor. Klub yozda istalgan futbolchisini sotishga tayyor

Administrator
19 apr 2023, 23:27
Rahbariyatning qaroriga ko'ra yozda hech qaysi futbolchi transfer qilinishdan himoyalanmagan.

"Chelsi" klubi o'zining transfer rejalari borasida qaror qabul qildi. Unga ko'ra yozda tarkibdagi hech bir futbolchining jamoada qolishi kafolatlanmagan. 

"Chelsi" rahbari Todd Bouli tarkibni qisqartirishni va istalgan o'yinchiga kelgan takliflarni eshitib ko'rishga tayyor. Jamoani tark etish ehtimoli ko'proq bo'lgan futbolchilar Per-Emerik Obameyang, Kristian Pulishich, Hakim Ziesh, Rahim Sterling va Konor Gallaxer hisoblanadi.

Umuman olganda, hozirda "Chelsi"da omadsizliklar davom etmoqda. Jamoa APL jadvalida 39 ochko bilan 11-o'rinda turibdi. Yangi rahbariyat qo'l ostida jamoada allaqachon 4 ta murabbiy ishlashga ulgurdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: FootballTransfers