"Chelsi" Kolo-Muanini sotib olishga harakat qiladi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023, 17:10
"Chelsi" "Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo-Muanini sotib olmoqchi, deb xabar berdi "L'Equipe".

Klub futbolchini shu yozda sotib olishga harakat qiladi.

Ma'lum bo'lishicha, "Ayntraxt" futbolchini yana bir mavsum o'zida saqlab qolish niyatida. Unga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli fransiyalik futbolchi o'tgan mavsum "Ayntraxt" safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 17 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 80 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe