"Chelsi" Villianga yangi shartnoma taklif qiladi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2014, 20:34
Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, "Chelsi" o'z yarim himoyachisi Villianga yangi kelishuv taklif qilmoqchi.
Braziliya terma jamoasi a'zosi "Stemford Brij"ga o'tgan yil "Anji"dan ko'chib o'tgandi. Villian "ko'klar" safiga 32 million funt evaziga transfer qilingandi.

Villian u qadar yorqin o'yin namoyish eta olmayotgan bo'lsa ham "Chelsi" ustozi Joze Mourinyo 26 yoshli futbolchining qilayotgan mehnatidan qoyil qolayotganini ma'lum qildi.

Bu mavsumda London klubi Sesar Aspilikueta va Oskar bilan shartnomani uzaytirgandi. Endi Villianga ham yangi kelishuv taklif qilinadi. Tomonlar mavsum tugaguniga qadar shartnomani uzaytirishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru