"Chelsi" va "Tottenxem" "Barselona" futbolchisi uchun kurashga kirishdi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2025, 14:39
"Chelsi" va "Tottenxem" "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxonga qiziqish bildirayotgan klublar qatorida.

"Fichajes"ning xabar berishicha, urugvaylik futbolchi qishki transfer oynasida taxminan 50 million evroga sotilishi mumkin. Aytilishicha, "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va agar 50 million evro atrofida taklif tushsa, asosiy himoyachisini qo'yib yuboradi.

26 yoshli futbolchi 2020 yildan beri "ko'k-anorranglilar" safida to'p tepadi. U joriy mavsum "Barselona" tarkibida 2 o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes