"Chelsi" "Stemford Brij"ni ta'mirlashga qarshi bo'lgan oila bilan kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
15 mar 2018, 20:59
Endi "Chelsi" o'z stadionida ta'mirlash ishlarini boshlashi mumkin.

Klubdagilar "Stemford Brij"ning yonida yashaydigan Krosueytlar oilasi bilan kelishib oldi. Tasdiqlanishicha, agarda stadion ta'mirlansa o'sha oilaning uyiga quyosh nuri tushmaydi.

"Chelsi" 2019/20 yilgi mavsum yakuniga qadar "Stemford Brij"da o'ynaydi va shundan keyin stadionda ta'mirlash ishlari boshlab yuboriladi. O'sha vaqtda jamoa boshqa stadionda vaqtincha o'ynab turadi (katta ehtimol bilan "Uembli"da).

"Stemford Brij"ni qayta ta'mirlash uchun milliard funtdan ortiq mablag' sarflanadi va ishlar 2024 yildan erta yakunlanmaydi. Arenaning tomoshabinlar sig'imi 41 mingdan 60 minggacha ko'tarilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com