

“Klubdagi vaziyat chigal holatda. Tottenxem juda yomon ko'rindi, jamoada na xohish, na intilish bor edi, umuman hech narsa yo'q. Pochettino esa zaxira o'rindig'ida bo'lib o'tayotgan voqealarga befarqdek o'tirardi. O'ylashimcha, jamoa hamda murabbiy yo'lning yakuniga yaqinlashmoqda. Jamoa inqirozga yuz tutgan, nimanidir o'zgartirish zarur”, – deydi Koul.




