"Chelsi" shu haftada Vernerning transferini yakunlaydi

Alisher
16 iyun 2020, 11:32
"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner tez orada "Chelsi" futbolchisiga aylanadi.

London klubi forvard transferining tafsilotlarini kelishib oldi va uni shu haftada yakunlashni rejalashtirmoqda.

Transfer narxi germaniyalik futbolchining shartnomasida ko'rsatilganidek 53 million funtni tashkil etadi.

24 yoshli Verner "ko'klar" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi, uning maoshi haftasiga 200 ming funtni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Evening Standard