"Chelsi" rekord miqdorda daromad topdi

Aslanov Jasurbek
1 yanv 2019, 13:23
"Chelsi" rasmiy saytida klubning 2017/18 mavsumdagi moliyaviy hisoboti e'lon qilindi.

Londonliklarning daromadi bir yilda 397 mln. evrodan 487 mln. evroga (22,7%ga) oshdi. Ko'klar ilk bora 400 mln. funtlik (440 mln. evro) dovondan o'tdi. Futbolchilarni sotuvidan 124 mln. evro ishlagan klub o'z tarixida ilk bor sof daromadga ega bo'ldi - 68,1 mln. evro.

Mablag'ning yana bir muhim manbasi - translyatsiyadan tushadigan daromad. Ular 45,8 mln. evrodan 224 mln. evroga etdi. Bu ko'proq London jamoasining Chempionlar ligasiga qaytganiga bog'liq.

Ushbu hisobot UEFA tomonidan o'rnatilgan moliyaviy feyr-pley qoidasiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com