"Chelsi" qishki transfer oynasi vaqtida futbolchi sotib olmaydi

Aziz Tukhtamuradov
22 okt 2014, 20:43
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yanvar oyida jamoasiga yangi futbolchi sotib olmoqchi emasligini aytib o'tdi.

Portugaliyalik murabbiyning aytishicha, jamoasi qo'shimcha o'zgarishlarga muhtoj emas.

"Transfer haqida o'ylamayapmiz. Yoz oxirlarida jamoamiz to'liq bo'lganligini aytib o'tgandim. Agar kimdir ketishni istab qolsagina uning o'rniga boshqa futbolchi olib kelishimiz mumkin", - deydi Mourinyo.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru