"Chelsi" qishda ikki himoyachisini sotib yuboradi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 17:27
"Chelsi" qishki transferlar oynasi vaqtida ikki qanot himoyachilarining xizmatlaridan voz kechadi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "aristokratlar" Emerson va Markos Alonso bilan xayrlashishga tayyor turibdi. Italiyalik himoyachini ancha vaqtdan buyon "Yuventus" kuzatib yuribdi. Ispaniyalik himoyachi esa "Inter" nishonida bo'lib turibdi.

Emerson ushbu mavsumda "Chelsi" tarkibida 15 o'yinda qatnashgan va o'z hisobiga 1 assistentlikni yozdirib qo'ygan. Alonso esa 14 o'yinida 1 gol urib, 3 hammualliflikni qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato