"Chelsi" portugaliyalik "omadsiz" uchun 65 mln evro taklif qildi

Alisher
13 avg 2024, 20:21
"Chelsi" Joau Feliks uchun 65 mln evro taklif qildi.

Londonliklar bu summani bo'lishmoqchi.

"Chelsi" 35 million evroni darhol, qolgan 30 millionni esa kelajakda to'lab bermoqchi. Ikkinchi to'lov muddati ma'lum qilinmayapti.

Klublar haligacha transfer borasida kelishib olishmadi va muloqotni davom ettirishmoqda. Qayd etilishicha, Feliks transferga qiziqmoqda.

Vinger 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismida "Chelsi"da ijara asosida harakat qilgan. U o'tgan mavsum "Barselona"da ijarada o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: O Jogo