"Chelsi" Pike uchun 23,6 million funt taklif qilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
31 okt 2014, 20:16
"Chelsi" Jerar Pike uchun "Barselona" klubiga 23,6 million funt taklif qilmoqda.
Pikening qishda jamoadan ketish ehtimoli yuqori. Londonliklar futbolchi uchun aniq taklif bilan chiqqan ilk klub hisoblanadi.

Futbolchiga shuningdek, MYU tomonidan ham qiziqish bildirilayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru