
Bu bilan londonliklar Angliya chempionatida ketma-ket 12ta uchrashuvda g'alabaga erishib, klub rekordini yangilashdi.
Bunga qadar “Chelsi” 2009 yilgi mavsumda aprel oyidan sentyabrgacha 11ta o'yinda muvaffaqiyat qozongandi.
Ayni paytda Antonio Konte shogirdlari 46 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilishyapti. O'z o'yinini ertaga o'tkazadigan “Liverpul” “Chelsi”dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.