"Chelsi" Osimxen uchun 75 mln evro to'lashi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
11 mar 2025, 15:01
"Galatasaroy"da ijara asosida o'ynayotgan "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.

26 yoshli nigeriyalik goleadorga hamon Londonning Chelsi klubi qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" hujumchini yozgi transferlar oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ehtimoliy bitim narxi 75 million evroga baholanmoqda.

Viktor joriy mavsum Turkiya Superligasida "Galatasaroy" safida 21 ta uchrashuv o'tkazdi. Hujumchi 17 ta gol va to'rtta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning ijarasi iyun oyi so'nggida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Todofichajes