Chelsi Lukakuga narx qo'ydi. Unga A seriyaning top jamoalari qiziqish bildirmoqda

Khoja
29 iyun 2024, 11:07
Chelsi 31 yoshli hujumchisi Romelu Lukakuga narx qo'ydi.

London jamoasi belgiyalik futbolchini 40 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Lukakuga A seriyaning top jamoalari Milan va Napoli qiziqish bildirmoqda.

Biroq Italiya klublari bu summani to'lashga tayyor emasligini ma'lum qilgan. Ular narxni tushirishni maqsad qilishgan.

Eslatib o'tamiz, Lukaku o'tgan mavsum Roma safida ijarada harakat qildi. U 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 5 ta golga assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com