"Chelsi" Lempard qaytganidan so'ng ikkala o'yinda ham golsiz yutqazdi

Aziz Tukhtamuradov
13 apr 2023, 09:55
Frenk Lempard "Chelsi" bosh murabbiyi roliga qaytganidan so'ng ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

"Chelsi" tunda YCHL doirasida "Real"ga yutqazdi. Bungacha esa jamoa APL doirasida "Vulverxempton"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 

Lempard jamoa boshqaruvini 6 aprel kuni qo'lga oldi. U mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi. 

Endi "Chelsi" navbatdagi o'yinni 15 aprel kuni "Brayton"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia