"Chelsi" Kundega qiziqmoqda

Alisher
13 iyul 2021, 12:14
"Chelsi" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda.

Ammo, londonliklar andalusiyaliklar talab qilayotgan mablag'ni to'lay olmasliklari mumkin. O'yinchi uchun shuningdek "Real" va MYU da'vogarlik qilmoqda.

O'tgan yili fransiyalik futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirgan va hatto 55 mln evro taklif qilgandi, ammo "Sevilya" rad javobini bergan. Shuningdek o'yinchining shartnomasida 80 mln evrolik tovon puli yozilgan.

Eslatib o'tamiz, Kunde "Sevilya"ga 2019 yilda "Bordo"dan 25 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum 49ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo