"Chelsi" Kante uzoq yillar jamoada qolishini istaydi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2023
London klubi futbolchi N'Golo Kante yana uzoq muddat jamoada bo'lishini xohlamoqda.

Ma'lum qilinishicha, klub Fransiya terma jamoasi a'zosini loyihaning uzoq muddatli qismi sifatida ko'radi. Shu sababli rahbariyat buni yangi shartnoma bilan kafolatlab qo'yishga kirishdi.

"Stemford Brij" ierarxiyasi bilan yangi bitim borasida muzokaralar davom etmoqda. 32 yoshli futbolchining amalda kuchda bo'lgan kelishuvi iyun oyida nihoyasiga etadi.

Kante seshanba oqshomida ajoyib o'yin ko'rsatdi. U Premer-liga doirasida "Liverpul"ga qarshi kechgan bahsda (0:0) yana kuchli o'yini bilan maydonga qaytdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN