"Chelsi" jarohat olgan Robert Sanches o'rniga kimni olib kelmoqchi?

Sherzod Nurmatov
16 dek 2023, 18:55
"Chelsi" darvozaboni Robert Sanches APLning 16-turidan o'rin olgan "Everton"ga qarshi o'yin (0:2) yakunida tizzasidan jarohat oldi.


Ispaniyalik futbolchi jarohati tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmasligi mumkin, shuning uchun "ko'klar" Sanchesning o'rniga "Arsenal" darvozaboni Aaron Remsdeyl variantini ko'rib chiqmoqda.

Remsdeyl ushbu mavsum "Arsenal" libosida 9 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT