"Chelsi" hujumchisi safga qaytdi

Tolibjon Qosimov
16 fev 2018, 12:38
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "ko'klar" forvardi Alvaro Morata umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytganini ma'lum qildi.

"Alvaro shanba kungi matbuot anjumanidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi. Hozir u odatiy rejimda shug'ullanmoqda. "Xall Siti" bilan kubokda bo'ladigan o'yin unga foydali bo'ladi. Bu bahs unga Chempionlar ligasi doirasidagi "Barselona" bilan bahsga tayyorlanish uchun yana bir qadam bo'ladi. Men boshlang'ich tarkib borasida yakuniy qarorni qabul qilishim kerak", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail