"Chelsi" futbolchisi operaciya qilindi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2023
"Chelsi" futbolchisi Uesli Fofana tizzasidan jarohat oldi.

Shu sababli u jamoasining AQSHdagi turnesiga uchmadi. 22 yoshli fransiyalik futbolchi operaciya qilindi va yaqin vaqtlar ichida tiklanish jarayonini boshlaydi. Odatda bunday jarohat olgan futbolchilar 5-6 oy vaqt davomida maydonga qaytishmaydi.

O'tgan yozda "Chelsi" Fofanani 70+5 mln funt evaziga "Lester"dan sotib olgandi. O'tgan mavsumda u 20 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/chelseafc