"Chelsi" futbolchisi "Milan"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
28 noya 2018, 19:36
"Milan" va "Chelsi" yarim himoyachi Sesk Fabregasning transferi bo'yicha deyarli kelishib oldi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, yaqin orada Italiya klub vakillari Angliyaga tashrif buyurishadi va yakuniy ishlar muhokama qilinadi.

31 yoshli Fabregas 2014 yilda 33 mln evro evaziga "Barselona"dan "Chelsi"ga o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 9 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi yozda o'z kuchini yo'qotadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport