"Chelsi" Enconing transfer pulidan 25 foizini to'lamoqchi. "Benfika" esa hammasini birdan so'ramoqda

Alisher Ostonov
2 yanv 2023, 18:48
"Chelsi" va "Benfika" Enco Fernandesning o'tishi borasida muzokaralar olib borishmoqda.

London klubi qishda transferning 25 foiz pulini to'lashga tayyor, qolgan pulni esa ikki yoki uch transh bilan to'laydi. "Benfika" esa hamma pulni birdan xohlamoqda. Muzokaralar davom etmoqda.

"Manchester Yunayted" Fernandesning vaziyatini kuzatadi, ammo hozircha yarim himoyachi borasida taklif bergani yo'q.

Enconing "Chelsi"ga transfer narxi 130 million evrogacha chiqishi mumkin.

Argentinalik joriy mavsum "Benfika" safida barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: twitter.com/brunoandrd