

"Chelsi" klubi bosh murabbiy Enso Mareskani, hatto jamoa Chempionlar ligasiga yo'llanma olmagan taqdirda ham ishdan bo'shatmaydi. Manba ma'lumotlariga ko'ra, London klubining YCHLga chiqolmasligi jamoa uchun bunday keskin choralarni talab qiladigan inqiroz emas, balki shunchaki ko'ngilsizlik deb qaraladi. Takidlanishicha, jamoa rahbariyati Mareskaga nisbatan Angliya va Yevropada qiziqish mavjudligidan xabardor, biroq so'nggi o'yinlar natijalariga ko'ra murabbiyni almashtirish bo'yicha hech qanday reja yo'q.
Ayni paytda "Chelsi" Angliya Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 63 ochko to'plagan, xuddi shuncha ochko oltinchi o'rindagi "Aston Villa"da ham bor. Chempionlar ligasiga APLning eng yaxshi besh jamoasi yo'llanma oladi.



