"Chelsi" Diego Kosta bilan deyarli kelishib oldi?

Tolibjon Qosimov
16 apr 2014, 12:00
The Mirror nashrining xabariga ko'ra, Londonning "Chelsi" klubi "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta bilan deyarli kelishib oldi.
"Ko'klar" futbolchiga haftasiga 185 ming funt sterling berishga tayyorlar. Madrid klubiga esa transfer uchun 50 million funt bermoqchi.

Diego Kostaning transfer narxi 38 million evro deb qayd etilgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net