"Chelsi" 38 yoshli darvozabon bilan shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018, 13:21
"Chelsi" Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Robert Grinni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Londonliklar 38 yoshli posbon bilan 1 yillik bitim imzolashdi.

Robert Grin Tibo Kurtua va Villi Kabalerolardan so'ng "ko'klar"ning uchinchi darvozaboni bo'ladi.

Grin o'tgan mavsumni "Xaddersfild"da o'tkazdi, ammo birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC